Superkubok uchrashuvini Sherzod Qosimov boshqaradi

Tolibjon Qosimov
23 fev 2019, 14:17
Bugun yurtimizda yangi futbol mavsumi start oladi.

Bilasiz, yangi mavsumni O'zbekiston Superkubogi uchun o'tkaziladigan o'yin ochib beradi. Superkubok uchrashuvida mamlakatimizning amaldagi chempioni – "Lokomotiv" hamda 2018 yilgi O'zbekiston kubogi sohibi – AGMK jamoalari sovrin uchun kurash olib borishadi.

Mazkur uchrashuvni Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Andrey Sapenko yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini esa Jasur Muxtorov bajaradi. Uchrashuv nazoratchisi Baxtiyor Namozov, komissar Erkin Baxtiyorov.

Ta'kidlab o'tamiz, bahs "Paxtakor" stadionida soat 16:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz