Superkubok-2022. Ro'ziqul Berdiev: "Balki "Navbahor" bilan o'yinda tarkibimizni o'zgartirarmiz"

Narzulla Saydullayev
27 fev 2022, 18:37
O'zbekiston Superkubogi-2022 doirasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev qatnashdi.

"O'yin sifati u qadar yuqori bo'lmadi. Bitta xato natijaga ta’sir qilishini bilardik. Gol o'tkazilgan vaziyatda himoyada parokandalik kuzatildi. Bugungi o'yin o'tgan yilgi Superkubok o'yinini yodga soldi. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman.

Bugun Husniddin Aliqulovni tavakkal qilib hujumga tushirdim. O'yinni qutqarmoqchi bo'ldik.



Oybek Bozorovning yo'qligi Sherzod Nasrullaevga ham ta’sir qildi. Solovyov jamoamizga yaqinda keldi, hali o'yinimizga kirishib kyetmadi. Nafaqat unda, balki tajribali futbolchilarimizda ham ko'p xatolar bo'ldi: Stanoevich, Muhitdinovda.

4-3-3 sxemasida harakatlandik. Marko Stanoevich va Sharof Muhitdinov ko'proq hujumda yordam berishi lozim edi.

Golni yaxshilab tahlil qilamiz, bizning talabimiz boshqacha edi. Qaytaraman, bugun xatolar ko'p bo'ldi. Goldan keyin hujumga berilganimiz uchun "Paxtakor" qarshi hujumlarga bemalol o'tdi.

"Navbahor" vakillari bugungi o'ynimizni kuzatdi? Ular nafaqat bugungi o'yinimiz, balki Turkiyadagi hamma o'yinimizni ko'rib, o'rganib chiqishdi. Lekin biz balki keyingi o'yinda sxemamizni va tarkibimizni o'zgartirarmiz.

Bosniya va gertsegovinalik hujumchi ro'yxatdan o'tkazildi, faqat licenziya olsa bo'ldi. Agar uning holati yaxshi bo'lsa, "Navbahor" bilan o'yinda maydonga tushadi", –dedi Ro'ziqul Berdiev. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia