"Suonsi" yarim himoyachisi klubni boshqaradimi?

Aslanov Jasurbek
21 dek 2017
"Suonsi Siti" rahbariyati vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarib turuvchi sifatida jamoa yarim himoyachisi Leon Brittonni tayinladi.

35 yoshli futbolchi "Kristal Pelas"ga qarshi Angliya Premer-ligasi uchrashuvida o'yinchilarga bosh murabbiy sifatida ko'rsatma beradi.

Britton 2010 yildan beri "Suonsi" sharafini himoya qiladi. Oldinroq, klub Pol Klementni iste'foga chiqargan edi.

Angliya Premer-ligasi turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

"Suonsi" MYUni bir yoqlik qilishni istayotgan murabbiyni jamoaga taklif etmoqchi. Nomzodlar orasida Slaven Bilich, Toni Pyulis va Ronald kuman bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com