"Suonsi" futbolchilari Lama va Tindalli jarohatlaridan qutildi

16 yanv 2014, 17:45
"Suonsi" Angliya chempionati navbatdagi turi doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda, jarohatini tiklab, safga qaytgan bir necha futbolchilar xizmatidan foydalana olishadi.
ITV xabar berishicha, "Suonsi"ning gollandiyalik himoyachisi Duayt Tindalli jarohatidan xalos bo'lib, safga qaytdi. Shuningdek "Tottenxem"ga qarshi o'yinda jamoa yarim himoyachisi Rolan Lama ham ishtirok eta oladi.

Har ikki futbolchi ham mashg'ulotlarni to'liq o'tkazishmoqda.


Manba: football.kulichki.net