"Suonsi" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Franchesko Gvidolinni iste'foga chiqarganini ma'lum qildi.
Bu haqda "oqqushlar"ning "Tvitter"dagi rasmiy sahifasi xabar berdi.
Gvidolin "Suonsi" tarixidagi eng yaxshi natija ko'rsatgan murabbiy hisoblanadi. Franchesko boshchiligidagi jamoa o'tkazgan o'yinlarining 34%da g'alaba qozongan.