Sunnatilla Mamadaliev: “Hayot davom etadi”

Narzulla Saydullayev
17 apr 2016
Kecha Namangan shahrida bo'lib o'tgan “Navbahor” – “Sho'rtan” uchrashuvidan so'ng mehmonlar yarim himoyachisi Sunnatilla Mamadaliev o'z fikrlarini bildirdi.

 - “Navbahor” jamoasiga hurmat bildirgan holda shuni aytmoqchimanki, bugun haqiqatdan ham nafaqat durang natijaga erishish, balki g'alaba qozonib kyetish imkoniyatimiz bor edi. Garchi, Namanganda to'p surishimizga qaramay, turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshilash va umuman omadsizlikka barham berish istagi jamoadoshlarimda kuchli edi. Aynan mana shu holat va hattoki, dastlabki daqiqalarda o'z darvozamizdan gol o'tkazib yuborganimiz ham kayfiyatimizni tushurib yubormadi. Birinchi bo'limda tashabbusga ega bo'ldik, bir nechta xafli vaziyatlar yaratdik. Javob to'pini ham kiritdik. Ikkinchi bo'limda ham ana shu suratda davom ettirayotgandik. Lekin xatoliklarga yo'l qo'yib, ketma-ket ikkita gol o'tkazib yubordik. Afsuski, bu bizga qimmatga tushdi...

Shunday bo'lsa-da, tushkunlikka tushmaymiz, hayot davom etadi. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlikni davom ettiramiz, - deydi Mamadaliev.

“Sho'rtan” PFK matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia