Sulsher: "Pogbani kelasi mavsum ham MYUda ko'rishingiz mumkin"

13 mar 2020, 02:49
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "qizil iblislar" yarim himoyachisi Pol Pogbaning kelajagi borasida fikr bildirdi.

"Pol – bizning o'yinchi. Uning jamoa bilan yana ikki yilga amal qiladigan shartnomasi bor, shuningdek, bitimda hamkorlikni tomonlarning ixtiyoriy roziligi bilan bir yilga uzaytirish mumkinligi to'g'risidagi band mavjud. 

Pogba hozir shu yerda, uni kelgusi mavsumda ham jamoada ko'rishingiz mumkin", – dedi norvegiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph