Sulsher yaqin orada iste'foga chiqarilmaydi

Aslanov Jasurbek
8 noya 2021, 16:40
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 11-turida "Manchester Siti"ga mag'lub bo'lsada, rahbariyat iste'foga chiqarishni o'ylamayapti.

"The Guardian" xabariga ko'ra, norvegiyalik murabbiy 12-turda "Uotford"ga qarshi o'yinda jamoani boshqarishi kutilmoqda. 

Manchester derbisidan so'ng "Manchester Yunayted"ning egalaridan biri Joel Gleyzer Sulsherning ishdan bo'shatilishi haqida hech qanday xabar olmagan, u FIFA kunlaridagi xalqaro o'yinlardan so'ng ishlashni davom ettiradi. 

Ayni paytda oltinchi o'rinni egallab turgan mankunianliklar 20 noyabr kuni safarda "Uotford" bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian