Sulsher: "Superyulduzlarni xarid qilish MYUni chempionlik uchun da'vogarga aylantirmaydi"

Aslanov Jasurbek
9 fev 2019, 11:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher klubning transferlari haqida fikr bildirdi.

"Gap futbolchilar soni haqida ketmayapti. Yangi o'yinchi jamoaga mos bo'lishi kerak. Superyulduzlarni xarid qilish vaziyatni bir soniyada o'zgartirmaydi. Ular bilan chempionlik uchun kurashadigan jamoaga aylanib qolmaymiz.

Ammo haqiqatdan ham bizga tajribali futbolchilar kerak. Pogba, Lingard hozir mas'uliyatni bo'yniga oladigan yoshda.

Ligada 6ta yaxshi jamoa bor va ularning barchasi chempion bo'lmoqchi. Biroq cho'qqiga intilish uchun bizda infratuzilma, tarix bor" - deydi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo