Sulsher Reshfordning jarohati haqida gapirdi

Alisher
19 mar 2021, 17:50
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher hujumchi Markus Reshfordning jarohati haqida gapirdi.

23 yoshli angliyalik futbolchi Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichi doirasidagi "Milan" (1:0)ga qarshi javob o'yinida jarohat oldi.

"Reshfordda noqulaylik paydo bo'ldi, shu sabab biz uning sog'ligi bilan tavakkal qilmaslikka qaror qildik. Markusning jiddiy jarohat olmaganiga umid qilamiz", - deydi norvegiyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Reshford mehmondagi "Milan"ga qarshi o'yin tanaffusida almashtirilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: manutd.com