Sulsher Pogba bilan xayrlashishga tayyor

21 iyun 2019, 07:45
Avvalroq Pogbaning o'zi “Yunayted”dan ketishiga ishora qilgandi.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba bilan xayrlashishga tayyor. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, klub Sulsherga yozgi transferlar uchun 100 mln funt ajratgan. “Yunayted” Polni 160 mln funtga sotishni rejalashtirgan. Sulsher esa Pogba sotilsa, tarkibni kuchaytirish uchun etarli mablag' hosil bo'ladi, deb hisoblagan.

Qayd etish joiz, “Yunayted”ni Pogbadan tashqari Romelu Lukaku ham tark etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Star