Sulsher: "Penalti berilishi kerak edi"

Mirjalol Normatov
4 okt 2019
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Yevropa ligasi doirasida "AZ Alkmaar" jamoasiga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Safardagi o'yinlardagi duranglarimizga e'tibor bergan bo'lsangiz, barchasida g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Yaxshi o'ynayapmiz. Belgradga ham faqatgina g'alaba uchun kelgandik.

Bugun ham biz penalti tepishimiz kerak edi. Reshfordni yiqitishgandi. "Arsenal"ga qarshi o'yinda ham raqiblar to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun 11 metrlik jarima belgilanishi shart bo'lgandi. O'shanda biz vaziyatdan foydalanib, 2:0 hisobi bilan masalani hal qilgan bo'lardik.

Brendon Uilyamsning debyutidan to'laqonli ravishda qoniqdim. To'pga tashlanishlari, paslari va o'yinni o'qiy olgani menga yoqdi. Uning uchun xursandman", - dedi Sulsher.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal