Sulsher MYU bazasiga klub afsonasini taklif qildi

Aslanov Jasurbek
29 dek 2018
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher klub afsonasi, jamoa sobiq ustozi ser Aleks Fergyusonni mankunianlar bazasiga taklif qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 76 yoshli Fergyuson taklifni qabul qildi va 30 dekabr kuni "Bornmut"ga qarshi bo'ladigan APLning 20-tur uchrashuv oldidan "Manchester Yunayted" bazasiga tashrif buyuradi.

Oldinroq, Fergyuson Sulsherning MYU bosh murabbiyi bo'lishida muhim rolni o'ynagani haqida xabarlar e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail