Sulsher - Mourinyudan keyingi ilk davr haqida: "Ko'p narsalarni o'zgartirish kerak edi. Men MYUning odamiman"

Mirjalol Normatov
14 mar 2020, 00:27
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher 2018 yilda Joze Mourinyodan keyingi davr haqida gapirdi

"Ko'p narsalarni o'zgartirish kerak deb hisoblardim. 4 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladik, bir necha futbolchilarni ketkazib yubordik, yoshlar tarkibidan asosiy jamoaga iqtidorlarni jalb qildik.

O'zgarishlar jamoaga qanchalik foyda olib kirganini muxlislar sezib turibdi. Bu nafaqat futbolchi, balki shu yerda ishlayotganlar uchun ham sezilarli tarzda o'tdi. Biz sarlavhaga e'tibor qaratdik va bu ish berishni boshladi. Gap faqatgina futbolchilar emas, balki taktikalarda ham aks etmoqda. Bizning falsafamiz klub uchun mos. Men mankunianlikman. Klubga nimalar kerakligini ich-ichimdan his qilib turibman.

Yuqori natijalarga erisha olamiz. Biz "Manchester Yunayted" ketishi kerak bo'lgan yo'ldan ketyapmiz. Barcha klublarning o'ziga hos yo'nalishi bor. Biz esa MYUga hos tarzda ishlayapmiz.

O'zimni "Manchester Yunayted" uchun kerakli deb hisoblayman. Ketmayman va shu yerda o'tirib barchasini oxirigacha etkazib qo'yaman. Isbotlar esa barchaning ko'z o'ngida namoyon bo'lmoqda", - dedi Sulsher. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal