Sulsher: “Leyptsig”ga qarshi bahsda juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik

Aslanov Jasurbek
8 dek 2020, 09:39
MYU ustozi YCHL guruh bosqichi 6-turi doirasida “Leyptsig”ga qarshi kechadigan bahs oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“Pley-off yoki mana shunday o'yinlar juda ham muhim hisoblanadi. Bu yerda o'yinchilar - “Manchester Yunayted” a'zolaridir. Ularda barcha kerakli sifatlar bor. Biz shunday o'yinlar bilan yashaymiz. Birinchi o'yin haqida eslamaslikning iloji yo'q. U haqida juda iliq xotiralar bilan eslaymiz, boisi o'sha o'yinda juda ko'p narsalarni to'g'ri qilgandik. Juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va “Leyptsig”ni ham juda yaxshi bilamiz”, - deydi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA