Sulsher: “Hakam o'sha vaziyatni takroran ko'rsa, afsuslanadi”

Aslanov Jasurbek
11 mar 2019, 00:38
MYU bosh murabbiyi sifatida APLdagi ilk mag'lubiyatini “to'pchilar”dan qabul qilib olgan Ole Gunnar Sulsher uchrashuvdan so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“O'yinni juda sekin boshladik. Balki bunga PSJ bilan mexmondagi bahs sababchi bo'lgandir. Shunga qaramay, bugun ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik. Angliya kubogi doirasidagi mana shu stadionda kechgan o'tgan galgi to'qnashuvda bunchalik qulay vaziyatlarga ega bo'lmagandik. Penaltiga keladigan bo'lsak, bosh hakam mazkur vaziyatni takroran tomosha qilsa, afsuslanadi. Sababi, hech qanday 11 metrlik yo'q edi. Hozir barchasini unutib, kubok doirasidagi ”Vulverxempton”ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Bo'lajak bahsni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz” – deydi 46 yoshli mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports