Sulsher: "Faqatgina ushbu natija uchun bizni tanqid qilishingiz mumkin"

Mirjalol Normatov
28 yanv 2021, 22:33
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 20-turi doirasida "Sheffild"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Ushbu o'yindan keyin men ham, jamoa ham tanqidlarga loyiqmiz. Marsyalni alohida tanqid qilish kerak emas deb o'ylayman.

Bizni tanqid qilishingiz mumkin, chunki bu o'yinda yaxshi natija qayd eta olmadik. Marsyal ham mashg'ulotlarda yuqori darajada ishlamoqda. U yana oldingidek bo'la olishiga shubxa qilmayman.

O'yinda ko'plab tomonlar bor. Bu o'yinda biz havolatib to'p uzatishlariga ko'proq e'tibor berdik, biroq bunga sifat, temp va ritm yetishmadi. Garchi bo'sh xududlar bo'lsa-da, ulardan foydalana olmadik, ayniqsa, birinchi bo'limda.

So'nggi bir necha oylar davomida futbolchilarim barqaror o'yin ko'rsatayotgandi. Kecha esa buni ko'rsata olmadik. APLda bunday natijalar oddiy holat sifatida qaraladi", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal