

So'nggi o'yinlarda Din Xenderson asosiy tarkibda o'ynamoqda. Ispaniyalik kiper esa zaxirada qoldirilmoqda.
"Bizda ikki ajoyib posbon bor va ular asosiy tarkib uchun loyiq. De Xea ma'lum vaqt davomida o'z vatanida bo'ldi va keyinchalik termasi ixtiyoriga jo'nab ketdi. Taxminan bir oy davomida o'yinlarda qatnashmadi. Shu boisdan unga o'ziga kelib olish uchun vaqt berildi.
PSJ? Davidning "Manchester Yunayted" uchun xizmatlari ulkan bo'lgan. U yana uzoq yillar jamoada bo'ladi", - dedi Sulsher.
30 yoshli David APLning ushbu mavsumida 24 o'yinda 27 gol qo'yib yubordi.



