Sulsher: "Brunu MYUga katta ta’sir o'tkazayotganini barcha ko'rib turibdi"

Mirjalol Normatov
27 noya 2020, 22:57
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher xavbek Brunu Fernandeshning o'yinlari haqida gapirdi.

"Brununing ta’siri  Ronaldu kabi. U jamoadoshlariga doim yordam beradi.

U kelganidan keyingi natijalarimizga shunchaki e'tibor bering. Brununing energiyasi yuqori, yetakchilik qobiliyati bor, u jamoaviy futbolchi, oldinga harakatlanimizda asosiy o'rinni egallamoqda. Biroq doimo odam dam olib turishi kerak.

Brunuga "Leyptsig"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishini aytishni sabrsizlik bilian kutdim. Shuningdek, Reshford ham. Ular uchun mavsum og'ir o'tyapti. Chunki biz o'zgacha jamoaviy madaniyatni shakllantiryapmiz. Bu yerda hech qanday shaxsiyat birinchi o'rinda emas.

Brunu yuqori darajadagi futbolchi ekanligini qayta va qayta isbotlaydi. Unga jamoa muhim, o'zi esa ikkinchi o'rinda", - dedi Sulsher.

Brunu "Yunayted"ga o'tganidan keyin qatnashgan 35 o'yinida 34ta golda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal