

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, 32 yoshli futbolchining “Buxoro” bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgan. Endilikda Ne'matov erkin agentga aylandi. Hozirda unga superliganing ayrim klublaridan chorlovlar bo'lmoqda. Aynan qaysi jamoalardan taklif bo'layotganini futbolchi sir tutmoqda. Yaqin orada u o'zining jamoasini ma'lum qilishga vada berdi.




