“Sug'diyona” tayyorgarlikni Zominda boshladi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2016, 20:16
Jizzaxning “Sug'diyona” jamoasi 10 iyuldan Zominda mashg'ulotlarni boshladi.
Qisqa muddatli dam olishdan so'ng, jamoa a'zolari Zomin tog'larida mashg'ulotlarini davom ettirmoqda. U yerda 17 iyulga qadar mashg'ulotlar olib boriladi. Unda asosan jismoniy tayyorgarliklarga e'tibor qaratiladi.

18 iyuldan mashg'ulotlar Toshkentga ko'chadi. Poytaxtda bir qator jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan. Toshkentda yig'in 28 iyulda yakuniga etadi.

Jamoani hozircha Sardor Sobirxo'jaev,Timur Hakimov va Sanjar Rixsiboev tark etdi. "So'g'diyona"ga yangi futbolchilarni kelishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia