Subisarreta: "Valdesning o'yinidan shunchaki zavq olishimiz kerak"

Tolibjon Qosimov
23 sen 2013, 15:17
"Barselona" sport direktori Andoni Subisarettaning aytishicha ayni pallada "Barselona" darvozaboni Viktor Valdes o'yinlaridan shunchaki zavq olish kerak ekan.
Subisaretta bu haqida jurnalistlarning klub darvozabonni olib qolish haqida o'ylab ko'rmayaptimi, degan savolidan keyin aytib o'tgan.

"Biz shunchaki Valdesning o'yinidan zavq olishimiz kerak. Albatta, gap jahonning eng kuchli darvozabonlaridan biri haqida ketyapti. U maydonga tushar ekan, siz darvoza dahlsizligidan havotir olmasangiz ham bo'ladi".

Eslatib o'tamiz, Valdes mavsum yakuniga etganidan so'ng, "Barselona" safini tark etishini ma'lum qilgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com