
Subisarreta klubga 2010 yilda kelgan va kecha, 5 yanvar kuni iste'foga chiqarildi. Shu vaqt davomida ko'k-anorranglilar 16 nafar futbolchini sotib olishgan.
2010/11 mavsum: David Vilya (€ 40 mln), Xaver Maskerano (€ 22 mln), Adriano (€ 10 mln), Ibraxim Afellay (€ 3 mln).
2011/12 mavsum: Sesk Fabregas (€ 34 mln), Aleksis Sanches (€ 27 mln), Aleks Song (€ 19 mln), Xordi Alba (€ 14 mln).
2012/13 mavsum: Neymar (€ 115,3 mln - soliqlarni to'lamaganlik uchun tahminiy jarima mablag'lari bilan qo'shib hisoblangan).
2013/14 mavsum: Luis Suares (€ 81 mln), Jeremi Matyo (€ 20 mln), Ivan Rakitich (€ 18 mln), Klaudio Bravo (€ 12 mln), Mark-Andre ter Shtegen (€ 12 mln), Tomas Vermalen (€ 10 mln), Duglas (€ 4,5mln).