Subashich Vidani qutqarib qoldi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2018, 15:30
Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Domagoy Vida JCH-2018dagi muvaffaqiyatni muxlislar bilan nishonlash vaqtida avtobusdan yiqilib tushishiga bir bahya qoldi.

Tadbir paytida futbolchilar shahar bo'ylab usti ochiq avtobusda harakatlanishdi va muxlislar bilan bayram qilishdi. Vida avtobus tomiga chiqdi. Futbolchi muvozanatni saqlay olmadi va yiqilishni boshladi, ammo uning yonida o'tirgan darvozabon Daniel Subashich jamoadoshini qutqarib qoldi.

TAS-IX emas

KO'CHIRIB OLISH (SKACHAT)

Eslatib o'tamiz, Xorvatiya terma jamoasi JCH-2018 finaligacha borib shaxsiy rekordini o'rnatdi. Finalda xorvatlar Fransiya terma jamoasiga 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com