Suares o'z xizmatlarini "Yuventus"ga taklif etdi

Alisher
14 iyun 2022, 16:01
Hujumchi Luis Suares o'z xizmatlarini Turinnning "Yuventus" klubiga taklif etdi.

Urugvaylik futbolchi faoliyatini Massimiliano Allegri jamoasida davom ettirishni xohlaydi.

"Yuventus" Suares bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini faol tarzda o'rganmoqda. Agar klub "Atletiko" bilan Alvaro Morataning transferi borasida kelisha olmasa, Suares "keksa sinora"ning bosh maqsadiga aylanadi.

Eslatib o'tamiz, Suares Madridning "Atletiko" klubidan ketganidan buyon erkin agent maqomida yuribdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport