

Urugvaylik futbolchi mushaklarida noqulaylik his etdi va mashg'ulotlarni to'xtatishga majbur bo'ldi.
34 yoshli futbolchi tekshirilmoqda va shundan so'ng jarohatning jiddiy yoki jiddiy emasligi ma'lum bo'ladi.
Suares - La Ligada 19ta gol bilan "Atletiko"ning eng yaxshi to'purari hisoblanadi.
"Atletiko" ayni damda "Barselona"dan 1 ochko, "Real"dan 3 ochko va "Sevilya"dan 8 ochko ko'p jamg'argan holda 1-o'rinda bormoqda.



