Xabaringiz bor, Ispaniya chempionatining 6-turida "Selta" maydonida mehmon bo'lgan Madridning "Atletiko" klubi 2:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Diego Simeone shogirdlarining birinchi goliga "matraschilar" safiga yaqinda kelib qo'shilgan Luis Suares mualliflik qildi. Qiziq jihati shundaki, mazkur gol urugvaylik forvard uchun La Liga doirasidagi bahslarda kiritilgan 150-si bo'ldi.