Suares La Liga haqida: "Har qaysi jamoa yuqorida turgan klubdan ochko olishi mumkin"

Alisher
3 mar 2021, 08:32
"Atletiko" hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionatidagi yetakchilik haqida gapirdi.

"Biz yil davomida barqaror o'ynash juda qiyin bo'lgan ligada to'p tepyapmiz. Har qaysi jamoa yuqorida turgan klubdan ochko olishi mumkin. Biz qayerda turganimizni qadrlashimiz kerak. Maqsadga erishish uchun ko'proq ishlashni davom ettirish kerak.

Barcha o'yinchilar anchadan beri sovrin yutmagan "Atletiko"dek klubga kelib, nimadir yutishni xohlashadi", - deydi Suares.

"El Pistolero" joriy mavsum "Atletiko" safida 26ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football24