
Yangi FIFA 15 kompyuter o'yinida urugvaylik futbolchi oktyabr oyining oxirigacha rasmiy o'yinlarda ishtirok etmaydi. Ammo diskvalifikaciya o'rtoqlik o'yinlariga ta’sir qilmaydi. "Karera" rejimida "Barselona"ni tanlasangiz sizga ijrochi direktordan quyidagicha xabar keladi: "Iltimos Luis Suares diskvalifikaciyasini hisobga oling, u 2014 yilning 26 otkyabrigacha maydonga tusha olmaydi".