Suares ilk o'yindayoq “Atletiko” tarixiga kirdi

Eldor Akmurzayev
27 sen 2020, 21:40
La Liga 3-turi doirasida “matraschilar” o'z maydonida “Granada”ni tor-mor (6:1) keltirdi.

Zaxiradan maydonga tushgan Luis Suares esa yangi jamoasidagi debyutida o'z hisobiga dubl+pasni rasmiylashtirdi.

Urugvaylik XXI asrda Madrid klubidagi debyutidayoq gol+assistga erishgan ilk o'yinchiga aylandi. 

Shuningdek, 33 yoshli hujumchi birinchi o'yinida 2 ta to'p kirita olgan "Atletiko" tarixidagi dastlabki futbolchiga ham aylanib oldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports