Suares faoliyatini Yevropada davom ettirishni xohlaydi

Alisher
24 may 2022, 16:32
"Atletiko" forvardi Luis Suares faoliyatini qayerda davom ettirishi borasida gapirdi.

"Menga ishoning, hali faoliyatimni kelasi mavsumda qayerda davom ettirishni hal qilmadim. Ko'plab takliflar oldim. Menga Argentina, Braziliya va Meksika klublari murojaat qilishdi, ammo men yana yuqori darajada o'ynashni xohlayman. Men Yevropa futboliga e'tiborimni qaratganman", - deydi Suares.

Suares 2021/22 yilgi mavsum so'nggida "Atletiko"ni tark etadi. 

35 yoshli urugvaylik o'tgan mavsum jamoa tarkibida 43ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Larguero