Suares faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
11 iyun 2022, 20:53
"Barselona" va "Atletiko" sobiq hujumchisi yangi klub izlashda davom etmoqda.

Tajribali futbolchi Italiya chempionatiga o'tishi mumkin, deb xabar berdi Marca.

Manbaning yozishicha, "Atalanta" urugvaylik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bergamo klubi rahbariyati futbolchining vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Suares 2020 yilning yozidan boshlab Madridning "Atletiko" klubida o'ynab keldi. Umuman olganda, u barcha musobaqalarda 83 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca