Suares APLda bir mavsumda 30ta gol urgan 7-futbolchi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
21 apr 2014, 16:44
Liverpul hujumchisi APL 35-turida Norvichga qarshi o'yinda (3:2) bu yilgi mavsumda 30-golini urdi.
Urugvaylik forvard Angliya premer-ligasida 30ta gol urgan 7-futbolchiga aylandi.

Bunga qadar Endi Koul (Nyukasl), Alan Shirer (Blekbern), Kevin Fillips (Sanderlend), Terri Anri (Arsenal), Krishtianu Ronaldu (MYU) va Robinu van Persi (Arsenal) bir mavsumda 30tadan ko'p gol urgan.

Bir mavsumda eng ko'p golni Koul (1993/94) va Shirer (1994/95) urishgan - 34tadan.

Liverpul bu mavsumda yana uchta o'yin o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru