Stole Solbakken: "Kopengagen" uchun uyni tikishning hojati yo'q, ammo biz bor kuchimizni ishga solamiz"

Alisher
10 avg 2020, 13:07
"Kopengagen" bosh murabbiyi Stole Solbakken Yevropa Ligasi 1/4 final doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

"Sulsher bilan 90-yillarda Norvegiya dunyoning eng kuchli ikkinchi jamoasi bo'lgandan beri jamoadoshlar va sheriklarmiz. Hozir bunga ishonish qiyin, biz reytingda ikkinchi edik. Biz juda ham yaqin do'stlar bo'lganmiz deb ayta olmayman, ammo yaxshi jamoadoshlar edik.

Yaxshi o'ynash kerak. Bu "Yunayted" uchun eng yaxshi o'yin bo'lmasligi uchun biroz omad kerak va bu talab qilinadi. Bunday o'yinlarda 2-3ta imkoniyatdan foydalanish kerak bo'ladi. Imkoniyatlarimiz yuqori emas, ammo bizning ustunligimiz shundaki, o'yin faqat 90 daqiqa ichida hal bo'ladi.

Ertaga biz uchun uyni tikishning hojati yo'q, ammo biz bor kuchimizni ishga solamiz", - deydi Solbakken.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" bugun Yevropa Ligasi 1/4 final doirasida "Kopengagen" bilan o'ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ru.uefa.com