
Jarohati tufayli yosh shvetsiyalik o'yinchi o'tgan mavsum umuman maydonga tusha olmagan edi. Eslatib o'tamiz, 2011/12 mavsumi davomida “Feyenoord”da o'ynagan Gvidetti, Gollandiya chempionatida 23 ta gol urishga erishgan.
Bundan avval “Siti” bosh murabbiyi Manuel Pellegrini ham, Gvidettining boshqa klubga ijara evaziga o'tishi, hujumchiga ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga yordam berishi haqida aytib o'tgan edi.