
Bu haqda klub bosh murabbiyi Mark Xyuz e'lon qildi. 35 yoshli futbolchining "Stok Siti" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi.
"Kelisha olishimizga ishonaman. Bu mening shaxsiy fikrim. Krauch uch-to'rt yil oldingidek o'ynamoqda. Yaqin vaqt ichida uning sifatlari o'zgarmaydi" - deydi Xyuz.
Joriy mavsumda Krauch APLning 12 ta uchrashuvida 2 ta gol urdi.