"Stok" mast holatda mashina haydagan futbolchisi bilan xayrlashdi

Mirjalol Normatov
7 avg 2019, 23:12
Hujumchi Saido Beraxino "Stok Siti"ni tark etdi.

Angliya klubi matbuot xizmati 26 yoshli bilan shartnoma buzilishi sababini uning mast holatda mashina boshqarganini ma'lum qildi. May oyida u mast holatda mashina haydab, keyinchalik nomaqbul xatti-harakatlar qilgani uchun futbolchi bilan xayrlashmoqchi bo'lgandi.

Yakunda tomonlar klub futbolchiga oldinda shartnomada ko'rsatilgan 3 yillik maoshining bir qismini to'lab berish sharti bilan shartnoma bekor qilindi.

Beraxino 2017 yildan buyon "Stok" tarkibida harakat qilayotgandi. O'tgan mavsumda u jamoasi uchun 23 o'yinda qatnashib, 3 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: stokecityfc.com