Stiven Jerrard Rossiya klubiga "yo'q" dedi

Omonjon To`xtamirzayev
4 noya 2025
Angliyalik sobiq futbolchi Stiven Jerrard Moskva klubidan tushgan navbatdagi taklifni ham rad etdi.

Stivenni Moskvaning "Spartak" klubi ishga taklif qilgandi.

Avvalroq, aniqroq aytadigan bo'lsak, avgust oyida "qizil-oqlar" "Liverpul" sobiq sardori bilan aloqaga chiqqan edi. Jerrardning mazkur masala bo'yicha poziciyasi o'zgarmagan: u xalqaro vaziyat tufayli faoliyatini Rossiyada davom ettirishni istamayapti.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru