Stiven Jerrard: "Busketsga qarshi o'ynash - daxshat"

Omonjon To`xtamirzayev
24 fev 2018
"Liverpul" afsonasi Stiven Jerrard "Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets borasida iliq fikrlarni bildirib o'tdi.

Angliyalikning fikriga ko'ra, Buskets texnik jihatdan eng kuchli futbolchilardan biri.

– Men unga qarshi o'ynaganman. U bilan bahslashish juda qiyin. To'pni olib qo'yish uchun unga yaqin kelishning o'zi mushkul vazifa. Agar uni taqib qilishni boshlasangiz, u shunchaki boshqa tomonga qayrilib kyetib qoladi va sizning shuncha mehnatingiz samarasiz qolib ketaveradi. Bu unga ortiqcha qiyinchilik tug'dirmaydi va u xattoki terlamaydi. Unga qarshi o'ynash – bu shunchaki daxshat.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru