

"Demak, kimdir rivojlanish uchun Niderlandiya chempionatini tark etishi mumkin, ammo men qolishim kerakmi? Terma jamoa ustozi Saudiya Arabistoni chempionatida a'lo darajadagi raqobat borligini juda yaxshi biladi. Yoki bunday qadamni faqat 32 yoshda qo'yish kerakmi? Men har tomonlama rivojlanib boryapman va tanlovimga ming foiz sodiqman. Uni ishontirib aytamanki, u yerda raqobat Niderlandiyadagidan yuqori. U yerda qanday futbolchilar o'ynayotganiga bir qarang. Bundan tashqari, "Al Ittihod" "Inter"ni mag'lub etdi, Kante Saudiya Arabistonida o'ynadi va Evro doirasidagi Niderlandiyaga qarshi o'yinda eng yaxshi bo'ldi, Lyaport esa "Al Nassr" futbolchisi sifatida Ispaniya bilan Yevropa chempioniga aylandi", – dedi Bergveyn.
Eslatib o'tamiz, Ronald Kuman 26 yoshli Stiven Bergveynning Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tishini sport ambiciyalariga to'g'ri kelmasligini takidlagan edi.



