Sterling "Manchester Siti"dan ketish haqida o'ylamoqda

Aziz Tukhtamuradov
15 okt 2021, 09:27
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling jamoadan ketishi mumkinligini aytdi.

"Agar qo'shimcha o'yin amaliyoti sabab boshqa klubga o'tish imkoniyati paydo bo'lsa, men uni ko'rib chiqardim. 

Futbol eng asosiysi ekanligini aytganman. Bolaligimdan oldimga maqsadlar qo'yganman. 

Ingliz sifatida men faqatgina APL bilan tanishman. Doim xorijda o'ynash imkoniyati yomon emasligi haqida o'ylaganman. Buni qanday uddalashimni ko'rish kerak", - dedi Sterling. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Independent