Sterling kelasi hafta "Chelsi" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi

Mirjalol Normatov
10 iyul 2022
"Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterling "Chelsi" futbolchisiga aylanadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, London klubi 27 yoshli futbolchi uchun tibbiy ko'rikni rejalashtirib qo'ygan.

Kecha, 9 iyul kuni "Chelsi" Sterling uchun 45 million funt to'lashga tayyorligi borasida ma'lumotlar tarqagandi. Ammo "shaharliklar" transfyerdan kamida 55 million funt ishlab olmoqchi.

Yakunlangan mavsumda Sterling barcha turnirlarda 47 o'yinda qatnashib, 17 gol va 9 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano