Starrij Rojdestvodan so'ng AQSHdan qaytadi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2014, 23:00
"Liverpul" hujumchisi Daniel Starrij Rojdestvoni Bostonda kutib oladi.
Futbolchi so'nggi bor avgustda rasmiy o'yinda maydonga tushgan va ketma-ket uch marta jarohat oldi. Dekabr oyi boshida "Liverpul" jarohatini davolash uchun Starrijni Los-Anjelesga yuborgandi.

Endi 25 yoshli hujumchi Bostonga ko'chib o'tdi va "Boston Red Soks" beysbol klubi shifokorlari nazoratida bo'ladi. Ushbu klub "Liverpul" xo'jayini Jon Xenriga tegishli.

Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, Starrijning Angliyaga qachon qaytishi ma'lum emas. Rojdestvoga qadar Daniel Shtatlarda bo'ladi. Hozircha uning maydonga qaytishi borasida gapirishga ancha erta.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru