
Bu haqda qizillar bosh murabbiyi Brendan Rojers ma'lum qildi.
"Bu yil Deniel uchun juda qiyin bo'ldi. U juda zo'r yigit va doimo jamoaga yordam berishni istaydi, ammo joriy mavsum uni jarohatlar taqib qildi. Biz uni har kuni tibbiy ko'rikdan o'tkazyapmiz.
Deniel Starrij sog' bo'lganida, u ajoyib o'yin ko'rsatar edi. Uni yana safga qaytishi uchun bor kuchimizni ishga solyapmiz, lekin Starrij bu mavsumda maydonga qaytadimi yoki keyingisidami, ko'ramiz" - deydi Rojers.