Starrij yana jarohat oldi, u 2 hafta maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
13 fev 2018, 15:10
"Vest Bromvich" hujumchisi Deniel Starrij jarohatini ikki hafta davomida davolaydi.

Starrij "Vest Bromvich" safida o'tkazgan ilk o'yinining 4-daqiqasida jarohat oldi va almashtirishlarini so'radi.

"Uni birinchi o'yindan yo'qotish biz uchun katta zarba bo'ldi. APLdan chiqib ketmasligimiz uchun bizga gollar kerak va u tezroq safga qaytishiga umid qilamiz. Angliya Kubogida Starrij maydonga tushmaydi, biroq Deniel ertaroq jarohatini davolashini istaymiz" - deydi "Vest Bromvich" bosh murabbiyi Alan Pardyu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports