Starrij APLga qaytishi mumkin

28 yanv 2020, 09:09
“Liverpul” sobiq forvardi APL klubi nazariga tushdi.

“Aston Villa” klubi ayni damda “Trabzonspor” klubida to'p tepayotgan Daniel Starrijni sotib olish niyatida. Birmingemliklar Starrij uchun turk klubida 4,2 mln funt to'lashga tayyor.

Joriy mavsum Starrij “Trabzonspor” safida 13 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq futbolchi Rossiya chempionatidan qiziqish borligi xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Fanatik