
Rasmiy protokol ma'lumotlariga ko'ra, Samarqandda Birinchi Liga mavsumini ochib beruvchi ushbu uchrashuvni bevosita Olimpiya stadionidan 176 nafar tomoshabin kuzatib borgan. Tomoshabinlardan birining Tvittyerda ma'lum qilishicha, stadionda chiroq yo'qligi sabab, madhiyani qo'ya olishmadi.
Registon – Mashal-2 uchrashuvini stadionda kuzatib borgan samarqandlik jurnalistning Kun’ga ma'lum qilishicha, elektron vositalar yordamida davlat madhiyasini qo'yish iloji bo'lmagan bo'lsa-da, futbolchilar va hakamlar madhiyani jonli ijro etishgan, madhiya ijro etilayotgan vaqtda O'zbekiston bayrog'i ko'tarilgan.
Xabar berishlaricha, nisbatan salqin va yomg'irli havoda mahalliy vaqt bilan soat 16:00da boshlangan o'yinning ikkinchi bo'limida stadionga chiroq kelgan.