

Uning ikkinchi qismida terma jamoamiz ustozi Srechko Katanets hamda sardorimiz Eldor Shomurodov qatnashdi. Quyida Katanetsning qisqa fikrlarini e'tiboringizga havola etamiz. Anjumanning to'liq qismi esa birozdan so'ng chop etiladi.
"KXDR bilan farqimiz biz hech qanday o'rtoqlik uchrashuvlarisiz, yig'insiz tayyorlandik. Lekin biz bu holatga o'rganib ketganmiz. 3-4 yildan beri futbolchilar birga o'ynab kelyapti. Bir-birini yaxshi tushunadi. Hamma futbolchilarning ham jismoniy holati bir xil emas. Bir narsani sizlardan so'ramoqchiman. Xohish va motivaciyaning oshib ketishi ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Nima uchun avval mundialga chiqmaganmiz deb o'zimizga savol berishimiz kerak. Bu bosqichda hamma raqiblar kuchli. KXDR ham bekorga bu bosqichga yetib kelmagan".




