Srechko Katanets: "Dunyoning eng yaxshi terma jamoalari ham bir kuchli futbolchiga bog'lanib qolishgan"

Оқил Абдубарноев
20 noya 2022, 21:00
Rossiyaga qarshi nazorat uchrashuvidan so'ng O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets va o'yinnining eng yaxshi futbolchisi Otabek Shukurov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Shomurodov zaxiraga olinganidan so'ng jamoamiz o'yinida xavfli vaziyatlar kamayib ketdi, Bobir Abdixoliqov o'yinga qo'shilganidan so'ng u zaxiradan maydonga tushganlardan kuchliroq ko'rindi. Shomurodov bilan biror jarohat ro'y bersa kelajakda uning o'rnini egallay oladigan futbolchi bormi?

- Agar dunyoning eng yaxshi terma jamoalariga qaraydigan bo'lsak, ular ham bir kuchli futbolchiga bog'lanib qolishgan. Benzemani nazarda tutyapman. Bu muammo faqat bizda emas.

Hujum chizig'imizda Eldordan tashqari boshqa yaxshi forvardlar bor, misol uchun Bobir Abdixoliqov kelajakda bizga yordam berishi mumkin. Aslida bir himoyachini zaxiraga olib, ikki hujumchini maydonga tushirmoqchi edim. Biroq rossiyaliklar o'yin nazoratini qo'lga olishdi, shu sababli tavakkal qilishni istamadim.

Shu bilan birga hujum chizig'ini kuchaytira oladigan Jaloliddin Masharipov, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekovlar bor. Ularga biroz tajriba kerak.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia