

O'FA Srechko Katanets bilan og'zaki kelishuvga erishganini ma'lum qildi. Endilikda ushbu murabbiyning Toshkentga kelib shartnoma imzolashi hamda terma jamoani qabul qilib olishi qolyapti, xolos. Shundan so'ng Katanets rasman ishga kirishadi.
Srechko Katanets murabbiylik faoliyatini 34 yoshda boshlagan. U shu paytgacha terma jamoalardan Sloveniya (ikki marta), Makedoniya, BAA va Iroqni boshqargan. Shu o'rinda savol tug'ilishi mumkin, Katanets faoliyati mobaynida qanday e'tiborga molik natijalar ko'rsatgan?
Bilamizki, u Sloveniya bilan Evro-2000 va JCH-2002da qatnashgan. Shuningdek, Osiyo Kubogi-2019da Iroqni boshqardi. Bu albatta, umumiy ko'rsatkichlar. Lekin uning murabbiylik kasbida qaysi musobaqada kimlar bilan esda qolarli natija ko'rsatganini quyida keltirib o'tamiz.
O'ylaymikzki, bu o'yinlar Katanets hech kuchlilarni yutganmi degan savolga qisman javob bo'ladi.
Evro-2000 saralash (Sloveniya bosh murabbiyi)
06.09.1998. Gretsiya - Sloveniya 2:2
09.06.1999. Albaniya - Sloveniya 0:1
Evro-2000 (Sloveniya bosh murabbiyi)
13.05.2000. Yugoslaviya - Sloveniya 3:3
21.05.2000. Sloveniya - Norvegiya 0:0
JCH-2002 saralash (Sloveniya bosh murabbiyi)
11.10.2000. Sloveniya - Shveytsariya 2:2
24.03.2001. Rossiya - Sloveniya 1:1
28.03.2001. Sloveniya - Yugoslaviya 1:1
06.06.2001. Shveytsariya - Sloveniya 0:1
01.09.2001. Sloveniya - Rossiya 2:1
05.09.2001. Yugoslaviya - Sloveniya 1:1
10.11.2001. Sloveniya - Ruminiya 2:1
14.11.2001. Ruminiya - Sloveniya 1:1
Evro-2008 saralash (Makedoniya bosh murabbiyi)
16.08.2006. Estoniya - Makedoniya 0:1
07.10.2006. Angliya - Makedoniya 0:0
17.11.2007. Makedoniya - Xorvatiya 2:0
JCH-2010 saralash (Makedoniya bosh murabbiyi)
06.09.2008. Makedoniya - Shotlandiya 1:0
06.06.2009. Makedoniya - Norvegiya 0:0
10.06.2009. Makedoniya - Islandiya 2:0
Evro-2016 saralash (Sloveniya bosh murabbiyi)
09.09.2014. Sloveniya - Shveytsariya 1:0
17.11.2015. Sloveniya - Ukraina 1:1
JCH-2018 saralash (Sloveniya bosh murabbiyi)
08.10.2016. Sloveniya - Slovakiya 1:0
11.10.2016. Sloveniya - Angliya 0:0
08.10.2017. Sloveniya - Shotlandiya 2:2
Osiyo Kubogi-2019 (Iroq bosh murabbiyi)
08.01.2019. Iroq - Vetnam 3:2
16.01.2019. Eron - Iroq 0:0
JCH-2022 saralash (Iroq bosh murabbiyi)
05.09.2019. Bahrayn - Iroq 1:1
14.11.2019. Iroq - Eron 2:1
11.06.2021. Gonkong - Iroq 0:1


